Xabarlar

Samarqand tumanida yana bir davlat-xususiy sheriklik asosidagi maktabgacha ta'lim tashkiloti foydalanishga topshirildi

09-07-2020 11:28   71

Samarqand tumani, “Urganji”  MFYda 100 o‘rinli “Saida nur” nomli maktabgacha ta'lim tashkilotida bolajonlarni yaxshi ta'lim-tarbiya olishi uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan.

Aziz Samarqandliklar!

23-05-2020 13:06   145

Sizlarni, muqaddas dinimizning ulug‘ bayrami Iydul Fitr – Ramazon hayiti bilan sammimy muborakbod etaman.

Tumandagi "Nayzateppa" mahallasida investitsiya dasturi asosida 150 o‘ringa mo‘ljallangan 40-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti faoliyat boshladi

22-02-2020 15:38   205

Samarqand tumani "Nayzateppa" mahallasida 40-sonli Davlat maktabgacha ta'lim tashkilotining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Mazkur tashkilot 150 nafar tarbiyalanuvchilarni o‘z bag‘riga qamrab oladi.
Bolajonlarning sifatli ta'lim-tarbiya olishi uchun zarul shart-sharoitlar yaratilgan ya'ni rus, ingliz tillari, shaxmat-shashka va sportning bir necha turlari bo‘yicha to‘garaklar tashkil etish bu to‘garaklarga malakali kadrlarni jalb etish maqsad qilingan.

Samarqand tuman maktabgacha ta'lim bo‘limida tayinlov

23-01-2020 16:42   220

Maktabgacha ta'lim bo‘limi mudiri lavozimiga 1986 yil 7 mayda Surxandaryo viloyati, Sariosiyo tumanida tug‘ilgan Begmurodov Azamjon Xudjamurodovich  O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim vazirining 2020 yil 20 yanvardagi buyrug‘iga asosan tayinlandi. 
A.Begmurodov 2014 yil 2 sentyabrdan bugungi kunga qadar Ravonak kurilish va kasb-hunar kollejining o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Maktabgacha ta'lim tizimida "Ish yuritish va hujjatlar ijrosini nazorat qilish" mavzusida o‘quv-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.

20-01-2020 16:21   277

Bugun samarqand tumanidagi 4-maktabgacha ta'lim tashkilotida Samarqand viloyat maktabgacha ta'lim boshqarmasi tasarrufidagi maktabgacha ta'lim bo‘limi  jismoniy va yuridik shaxslar bilan ishlash bo‘yicha mutaxassislari uchun o‘quv-amaliy seminar tashkil etildi.

Mazkur seminarda maktabgacha ta'lim bo‘limlari hamda maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ijro-intizomi nomenklaturasini tashkil etish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 oktyabrdagi PQ-3962-son Qarori mazmun-mohiyatini tuman (shahar) maktabgacha ta'lim bo‘limlari jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlash bo‘yicha mutaxassislarga yanada kengroq tushuntirib berish, o‘zaro tajriba almashish maqsad qilib belgilangi.


Vatan himoyasiga bag‘ishlangan tadbirlar davom etmoqda

14-01-2020 14:58   205

14 yanvar - "Vatan himoyachilari kuni"ga bag‘shlanganbayram tadbirlari davomi sifatida tumandagi MTTlarda ham nishonlandi.

Tadbirda tumandagi MTTlarda harbiy bo‘linma va qismlardan harbiy xodimlar jalb qilinib, tadbir yuqori saviyada nishonlanishiga erishildi.

"VATAN HIMOYASI-MUQADDAS BURCH!"

14-01-2020 14:39   223

Samarqand tumani Maktabgacha ta'lim bo‘limi tasarrufidagi maktabgacha ta'lim tashkilotlarida 14 yanvar - "Vatan himoyachilari kuni"ga bag‘ishlab "Vatan himoyasi-muqaddas burch!" shiori ostida ommaviy va madaniy tadbirlar tashkil etildi. Mazkur tadbir doirasida maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarbiyachilari tomonidan ochiq mujassam mashg‘ulotlar va sahna ko‘rinishlari tayyorlandi.

Tadbirda ishtirok etgan bolajonlar ongida Vatan himoyasi kabi muqaddas yigitlik burchi va ona Vatan tuyg‘usini kuchaytirishga yo‘naltirilgan tarbiyaviy va ma'rifiy g‘oyalar targ‘ib qilindi.

Yosh avlod qalbiga Vatan himoyasi muqaddas burch ekanligi sindirilib, mazkur yo‘nalishlarni ask ettiruvchi MTT tarbiyalanuvchilari ishtirokida sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.

"O‘ZARO MAHORAT MAKTABI - MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTLARI MISOLIDA!"

13-01-2020 17:42   271

Viloyat maktabgacha ta'lim boshqarmasi boshlig‘ining 2019 yil 25 sentyabrdagi "Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida mujassamlashgan ochiq hisobot mashg‘ulotlarini o‘tkazish tartibi bo‘yicha yo‘riqnomani tasdiqlash to‘g‘risida"gi 123-sonli buyrug‘i ijrosini ta'minlash maqsadida joriy yilning 13 yanvar kuni Samarkand tumanidagi 3-maktabgacha ta'lim tashkilotida Toylok tumanining 4 nafar mahoratli tarbiyachilari tomonidan "Ochiq mashg‘ulotlar" o‘tkazildi. Mashg‘ulotlarni viloyat maktabgacha ta'lim boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari D.Azizova, boshqarma bo‘lim boshlig‘i Sh.Jomuratov, viloyat maktabgacha ta'lim boshqarmasining doimiy harakatdagi metodik guruhi a'zolari hamda Camarkand va Toyloq tumanlari maktabgacha ta'lim bo‘limi mutaxassislari tahlil qilishdi va tegishli tavsiyalar berildi.

Toyloq tumanidan kelgan 4 nafar tarbiyachilar tumandagi 3-maktabgacha ta'lim tashkilotidagi guruhlarida mashg‘ulotlarni olib borish uchun yosh guruhlarni tanlash qur'a tashlash yo‘li bilan aniqlandi va ochiq mujassam mashg‘ulotlar o‘tkazildi.

Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida "Yangi yil" shukuhi!

30-12-2019 16:54   237

Tuman MTB tasarrufidagi maktabgacha ta'lim tashkilotlarida yangi yilni munosib nishonlash, yangi yil shukuhini aks ettirish, bolajonlar barcha maktabgacha ta'lim tashkilotlarida "Yangi yil" tadbirlari tashkil etildi.

Tadbirda bolajonlar ishtirokida turli sahna ko‘rinishlari namoyish etilib, "Yangi yil" shukuhi ifoda etildi. Mazkur tadbirda keng jamoatchilik vakillari hamda ota-onalar qatnashdilar, namoyish etilgan sahna ko‘rinishlari ota-onalar va bolalar qalbida o‘zgacha zavq bag‘ishlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 27 yilligi munosib nishonlanmoqda

05-12-2019 17:44   243

O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi qabul qilinganligining 27 yilligini munosib nishonlash maqsadida, Samarqand tumani maktabgacha ta'lim bo‘limi tasarrufidagi maktabgacha ta'lim tashkilotlarida tarbiyachi va tarbiyalanuvchilar qo‘l mehnati orqali ko‘rgazmalar tashkil etilmoqda.

 1 2 3 >  Last ›