Samarqand viloyati Samarqand tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

1-IYUN "XALQARO BOLALARNI HIMOYA QILISH KUNI" BAYRAM TABRIGI

Bolalik—hayot ummonining musaffo sarchashmasi. Boisi, u har bir murg‘ak qalb uchun tashvishlardan yiroq, ezgulikka to‘la lahzalardir. Go‘daklarning bahor tongi misol beg‘ubor qalbi faqat yaxshiliklarga yo‘g‘rilgan bo‘ladi. Shu sabab 1 iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni eng quvonchli bayram sifatida butun dunyo bo‘ylab keng nishonlanadi.

Aslida o‘sib kelayotgan yosh avlodni himoya qilish zamirida hayotni, uning davomiyligini asrab-avaylash mohiyati yotadi. Ular to‘g‘risidagi har qanday g‘amxo‘rlik esa yurt ravnaqi uchun qo‘yilayotgan mustahkam poydevor demakdir. Bugun ertamiz egalariga ko‘rsatilayotgan e'tibor kelajakda ularning Vataniga sadoqatli, jismonan va ma'nan barkamol bo‘lib yetishishida muhim omil hisoblanadi.
1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan yurtimiz bo‘ylab turli tadbirlar o‘tkazilmoqda. Mazkur munosabat bilan barcha bolalarni qutlab qolamiz.

Bayram muborak jajji bolajonlar!

Samarqand tuman maktabgacha ta'lim bo‘limi mudiri
Azamjon Begmurodov


Kiritilgan vaqti: 01/06/2021 09:54;   Ko‘rilganligi: 20
 
Material manzili: http://samtmtb.uz/oz/news/1-iyun-xalqaro-bolalarni-himoya-qilish-kuni-bayram-tabrigi
Chop etilgan vaqti: 27/07/2021 02:05