Samarqand viloyati Samarqand tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

Barcha maktabgacha ta'lim muassasalari tarbiyalanuvchilari o‘rtasida "Sog‘lomjon-rolvonjon" sport musoboqalari o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 19 iyuldagi “Maktabgacha ta'lim muassasalarining faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 528-sonli qarori hamda maktabgacha ta'lim muassasalarida davlat talablari, ta'lim-tarbiya dasturlariga muvofiq maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarda jismoniy rivojlanishini ta'minlash, ilg‘or xorijiy tajribalarni hisobga olgan holda bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy-estetik va jismoniy rivojlantirish maqsadida barcha maktabgacha ta'lim muassasalarida 21-26 may kunlari "Sog‘lomjon-polvonjon" sport musoboqalarining hududiy bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda barcha Maktabgacha ta'lim muassasalari o‘z guruhi bilan ishtirok etishdi. Tadbirning tuman bosqichi joriy yilning 29 may kuni “Rustam” mahallasida joylashgan 1-BO‘SM binosida bo‘lib o‘tdi. Hududiy bosqichda g‘oliblikni ko‘lga kiritgan № 4, № 6, № 17, № 18, № 19, № 22 maktabgacha ta'lim muassasalari jamoalari tuman bosqichida faol qatnashishdi. Musobaqaninig tuman bosqichida 12 maktabgacha ta'lim muassasasining “Polvonjonlar” jamoasi birinchi, 20 MTMning “Quyoshcha” jamoasi ikkinchi, 18 MTMning “Epchillar” jamoasi uchinchi o‘rinlarni egallab, tashkilotchilarning faxriy yorliq va estalik sovg‘alarini qo‘lga kiritishdi. Tadbir ko‘tarinki ruhda tashkil etilib, bolajonlarga xush kayfiyat ulashdi.


Kiritilgan vaqti: 30/05/2018 09:59;   Ko‘rilganligi: 888
 
Material manzili: http://samtmtb.uz/oz/news/barcha-maktabgacha-talim-muassasalari-tarbiyalanuvchilari-ortasida-soglomjon-rolvonjon-sport-musoboqalari-otkazildi
Chop etilgan vaqti: 24/11/2020 04:56