Samarqand viloyati Samarqand tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

Barcha maktabgacha ta'lim muassasalarida “1 iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” bayrami munosabati bilan “Har bir bolaga mehr, e'tibor!” shiori ostida tadbirlar o‘tkazildi.

Samarqand viloyati hokimligining 2018 yil 23 maydagi 07/3-314-sonli yig‘ilish bayoni , viloyat maktabgacha ta'lim boshqarmasining 2018 yil 25 maydagi 01-09/-833-sonli xati hamda bo‘limining 28-maydagi 88-conli buyruqlari  ijrosini ta'minlash maqsadida bo‘lim tasarrufidagi barcha maktabgacha ta'lim muassasalarida “Men baxtli oila farzandiman”, “Men oilamni yaxshi ko‘raman” mavzularida rasm tanlovi, “Bolalarga bering dunyoni” shiori ostida bayram tadbirlari tashkil etildi. Jumladan № 1, № 4, № 5, № 14, № 17, № 18, № 19, № 20, № 22, № 29 maktabgacha ta'lim muassasalarida o‘tkazilgan bayram tadbirlari bolalarda juda katta taassurot qoldirdi.


Kiritilgan vaqti: 02/06/2018 10:02;   Ko‘rilganligi: 605
 
Material manzili: http://samtmtb.uz/oz/news/barcha-maktabgacha-talim-muassasalarida-1-iyun-xalqaro-bolalarni-himoya-qilish-kuni-bayrami-munosabati-bilan-har-bir-bolaga-mehr-etibor-shiori-ostida-tadbirlar-otkazildi
Chop etilgan vaqti: 26/11/2020 11:26