Samarqand viloyati Samarqand tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

Bolajonlar yozning issiq kunlarini maroqli o‘tkazadigan bo‘lishdi

Shu kunlarda maktabgacha ta'lim tashkilotlarida tarbiyalanayotgan bolajonlarga barcha sharoitlarni yaratib berish, ayniqsa yozning issiq kunlarini maroqli o‘tkazishlari uchun cho‘milish havzasi va yozgi shiyponlarni tayyor holga keltirishga katta e'tibor qaratilgan. 

Bir necha kun muqaddam tuman prokurori J.Sanayev va IIB boshlig‘i A.Toshevlar tumandagi 8  hamda 40-maktabgacha ta'lim tashkilotida bo‘lib, sun'iy cho‘milish havzalarini o‘rnatish yoki mavjudlarini tezda ta'mirlash to‘g‘risida bergan ko‘rsatmalari ijrosi ta'minlanib, mazkur maktabgacha ta'lim tashkilotlaridagi cho‘milish havzalari foydalanishga tushirildi. Bolajonlarning xursandchiligi cheksiz.

      


Oxirgi o‘zgarish: 06/07/2021 16:09;   Ko‘rilganligi: 18
 
Material manzili: http://samtmtb.uz/oz/news/bolajonlar-yozning-issiq-kunlarini-maroqli-otkazadigan-bolishdi
Chop etilgan vaqti: 27/07/2021 03:29