Samarqand viloyati Samarqand tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

Har bir maktabgacha ta'lim tashkilotida bolalar uchun cho‘milish havzasi bo‘lishi kerak

Javlon Sanayev:

Har bir maktabgacha ta'lim tashkilotida bolalar uchun cho‘milish havzasi bo‘lishi kerak

Shu kunlarda maktabgacha ta'lim muassasalarida tarbiyalanayotgan bolajonlarga barcha sharoitlarni yaratib berish, ayniqsa yozning issiq kunlarini maroqli o‘tkazishlari uchun cho‘milish havzasi, yozgi shiyponlarni tayyor holga keltirishga katta e'tibor qaratilgan. Bu esa sektor rahbarlarining doimiy nazoratida.

Tuman prokurori J.Sanayev va IIB boshlig‘i A.Toshev 8, 11 hamda 40-maktabgacha ta'lim tashkilotida bo‘lib, ayni shu masalalar yuzasidan olib borilgan ishlarni o‘rgandi. Suniy cho‘milish havzalarini o‘rnatish yoki mavjudlarini tezda ta'mirlash to‘g‘risida tegishli tashkilot vakillariga ko‘rsatmalar berildi. Sektorlar tomonidan ham bu borada kerakli yordam ko‘rsatilishi ta'kidlandi.


Kiritilgan vaqti: 18/06/2021 09:48;   Ko‘rilganligi: 16
 
Material manzili: http://samtmtb.uz/oz/news/har-bir-maktabgacha-talim-tashkilotida-bolalar-uchun-chomilish-havzasi-bolishi-kerak
Chop etilgan vaqti: 27/07/2021 02:46