Samarqand viloyati Samarqand tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

Kadrlar masalalari va bu bo‘yicha yuzaga keladigan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish yo‘llari

Tumandagi maktabgacha ta'lim tashkilotlari rahbarlari ishtirokida 2019 yil 12 oktyabr kuni tumandagi 4-MTTda "Kadrlar masalalari va bu bo‘yicha yuzaga keladigan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish yo‘llari" mavzusida o‘quv-amaliy seminar o‘tkazildi.

Bo‘limning kadrlar bo‘yicha mutaxassisi F.Iskandarov tomonidan tashkil etilgan mazkur seminarda 28-ta tashkilot rahbarlari ishtirok etishdi.

Ushbu seminarda "Ishga qabul qilishda dastlabki sinov bo‘yicha savollar", "Ishdan bo‘shatish davomida", "Qanday qilib xatoga yo‘l qo‘ymasdan intizomiy jazoni qo‘llash mumkin?", "Muddatli mehnat shartnomasini rasmiylashtirish va bekor qilish asoslari", "Ta'tilni rasmiylashtirishda 5-ta xato" kabi masalalar muhokama qilinib, kadrlar masalalari bo‘yicha seminar ishtirokchilarini qiziqtirgan savollarga javob berildi.



Kiritilgan vaqti: 12/10/2019 16:36;   Ko‘rilganligi: 268
 
Material manzili: http://samtmtb.uz/oz/news/kadrlar-masalalari-va-bu-boyicha-yuzaga-keladigan-muammo-va-kamchiliklarni-bartaraf-etish-yollari
Chop etilgan vaqti: 24/11/2020 00:18