Samarqand viloyati Samarqand tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

"Kichkintoylar-shirintoylar" e'tiborimiz markazida

Samarqand viloyat hokimligi Maktabgacha ta'lim boshqarmasi va Samarqand viloyati Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasining 2018 yil 2 iyuldagi “Respublika “Kichkintoylar-shirintoylar” ommaviy sport musoboqasini o‘tkazish to‘g‘risida”gi 986/1, 11-sonli qo‘shma buyrug‘i ijrosini ta'minlash maqsadida, tumanda 2018 yil 18 iyuldagi 110-sonli buyruq asosida musobaqaning hududiy bosqichini o‘tkazish belgilandi. 2018 yil 20 iyul kuni sport musobaqasining hududiy bosqichiga start berildi.

Ushbu musobaqada tumandagi 1, 4, 10, 14, 16, va 20- maktabgacha ta'lim muassasalari tarbiyalanuvchilaridan tashkil topgan jamoalar faol ishtirok etishdi, bu musobaqada 20 MTM jamoasi 1 o‘rinni egallab, tuman bosqichiga qatnanish uchun yo‘llanmani qo‘lga qiritdi.


Kiritilgan vaqti: 20/07/2018 12:43;   Ko‘rilganligi: 690
 
Material manzili: http://samtmtb.uz/oz/news/kichkintoylar-shirintoylar-etiborimiz-markazida
Chop etilgan vaqti: 23/11/2020 23:40