Samarqand viloyati Samarqand tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

KO‘RGAZMALI SEMINARDA O‘RGANAMIZ

Viloyat Maktabgacha ta'lim boshqarmasi tashabbusi bilan Maktabgacha ta'lim vazirligi ko‘rsatmasi asosida Samarqand tumanidagi 17-MTT da “Pandemiya sharoitida davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari ish faoliyatini  tiklashi hamda ta'lim-tarbiya jarayonini tashkil etishda amalga oshiriladigan ustuvor vazifalar” mavzusiga bag‘ishlangan o‘quv-amaliy seminari o‘tkazildi.

Shahar, tuman maktabgacha ta'lim bo‘limi sho‘ba mudirlari ishtirok etgan mazkur seminarda joriy yilning 1 avgustidan maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilarini qayta qabul qilishga tayyorlash bunda ahamiyat qaratilishi lozim bo‘lgan jihatlar xususida amaliy tavsiyalar berildi. Bolalar salomatligini himoya qilish, mashg‘ulot o‘tishdagi o‘zgarishlar, ovqatlanish tartib qoidalari, guruhlarni tez-tez shamollatib, belgilangan vaqtda xlorli eritma bilan tozalash, faoliyatdagi har bir jarayonga e'tiborli bo‘lish lozimligi ta'kidlandi.


-Biz bolalar va pedagog xodimlar sog‘ligiga jiddiy ahamiyat qaratib faoliyat boshlashimiz kerak. Xususan, pandemiya davrida yozgi ayvonchada qum o‘yinlari bo‘lmaydi, suv havzalarida cho‘milish taqiqlanadi, Bugungi amaliy seminar doirasida bu kabi ma'lumotlarga ega bo‘lib, faoliyatimizga doir o‘zgarishlardan boxabar bo‘ldik- deydi Payariq tuman maktabgacha ta'lim bo‘limi mudiri o‘rinbosari Gulchehra Isroilova.


O‘quv-amaliy seminar doirasida tizim faoliyatini qayta boshlashga doir zaruriy yo‘riqnomalar tarqatildi hamda ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga javoblar qaytarildi.

Viloyat Maktabgacha ta'lim boshqarmasi Axborot xizmati


Oxirgi o‘zgarish: 12/07/2021 08:29;   Ko‘rilganligi: 16
 
Material manzili: http://samtmtb.uz/oz/news/korgazmali-seminarda-organamiz
Chop etilgan vaqti: 27/07/2021 01:12