Samarqand viloyati Samarqand tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

Korrupsiya - jamiyat taraqqiyotiga g‘ov


Jamiyat rivojiga, mamlakat taraqqiyotiga jiddiy to‘siq bo‘lib, sohalar yuksalishiga bevosita salbiy tasir ko‘rsatuvchi illat bu korrupsiyadir.

Shu sababli bugungi kunda yurtimizda korrupsiyaga qarshi kurashish choralarini kuchaytirish, uni ildizi bilan yo‘q qilish, bu boradagi huquqiy asoslarni yanada mustahkamlashga jiddiy e'tibor qaratilmoqda.


Samarqand tuman prokurori, 2-sektor rahbari J.Sanayev tumandagi 31-maktabgacha ta'lim tashkiloti xodimlari bilan o‘tkazgan uchrashuvida shu haqda to‘xtaldi. Korrupsiya va uning og‘ir oqibatlari haqida keng tushuncha berdi. Bu illatdan doim ogoh bo‘lish ta'kidlandi.


Kiritilgan vaqti: 28/05/2021 10:47;   Ko‘rilganligi: 101
 
Material manzili: http://samtmtb.uz/oz/news/korruptsiya-jamiyat-taraqqiyotiga-gov
Chop etilgan vaqti: 23/10/2021 11:06