Samarqand viloyati Samarqand tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida "MEHRJON" hosil bayrami nishonlanmoqda

Samarqand tumani maktabgacha ta'lim bo‘limi tasarrufidagi  maktabgacha ta'lim  tashkilotlarida "Mehrjon" hosil  bayrami  o‘tkazildi. Ushbu bayram tadbirida "Mehrjon" hosil  bayrami  ikki  ming yillik  tarixga  ega  hisoblanadi. "Mehrjon" hosil bayrami  bolajonlarni bir-birlariga mehr oqibatli  bo‘lishga  undaydi. Ushbu bayram  koinot va yerga jon ato etib turgan Quyoshni qadrlashga,  barchani  qish  g‘amini  jamlashga  undaydi. Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida Mehrjon hosil bayrami keng nishonlanib kelinmoqda. Bolajonlar kuy qo‘shiq va raqslar ijro etib,  bayramni ezgu umidlar va  shodu   xurramlik bilan qarshi olishgan. Xalqimiz  tabiatidagi  bag‘rikenglik,   mehmondo‘stlik,  mehr-shafqat, saxovatlilik kabi  go‘zal fazilatlarning davom etishida  ushbu  bayramning hissasi katta.



Oxirgi o‘zgarish: 19/11/2019 18:23;   Ko‘rilganligi: 290
 
Material manzili: http://samtmtb.uz/oz/news/maktabgacha-talim-tashkilotlarida-mehrjon-hosil-bayrami-nishonlanmoqda
Chop etilgan vaqti: 24/11/2020 05:17