Samarqand viloyati Samarqand tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

Maktabgacha ta'lim tizimida "Ish yuritish va hujjatlar ijrosini nazorat qilish" mavzusida o‘quv-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.

Bugun samarqand tumanidagi 4-maktabgacha ta'lim tashkilotida Samarqand viloyat maktabgacha ta'lim boshqarmasi tasarrufidagi maktabgacha ta'lim bo‘limi  jismoniy va yuridik shaxslar bilan ishlash bo‘yicha mutaxassislari uchun o‘quv-amaliy seminar tashkil etildi.

Mazkur seminarda maktabgacha ta'lim bo‘limlari hamda maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ijro-intizomi nomenklaturasini tashkil etish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 oktyabrdagi PQ-3962-son Qarori mazmun-mohiyatini tuman (shahar) maktabgacha ta'lim bo‘limlari jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlash bo‘yicha mutaxassislarga yanada kengroq tushuntirib berish, o‘zaro tajriba almashish maqsad qilib belgilangi.


O‘quv-amaliy seminarni Samarqand viloyat maktabgacha ta'lim boshqarmasi jismoniy va yuridik shaxslar bilan ishlash bo‘yicha mutaxassisi M.Yakubova ochib berib, seminar qatnashchilarini kun tartibiga kiritilgan masalalar bilan tanishtirdi.


Samarqand tumani maktabgacha ta'lim bo‘limi mutaxassisi F.Iskandarov tomonidan kun tartibiga kiritilgan masalalardan tashqari tuman (shahar)  jismoniy va yuridik shaxslar bilan ishlash bo‘yicha mutaxassislariga "maktabgacha ta'lim bo‘limida ish yuritishni takomillashtirish, hujjatlar bilan ishlash va ijro nazoratini tashkil etish", "Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida"gi qonun ijrosi hamda davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ish hujjatlari bilan ishlash, O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim vazirligining 2019 yil 30 avgustdagi 155-son buyrug‘i ijrosi to‘g‘risida tayyorlangan slayd-prezentatsiya hamda yo‘riqnoma taqdimoti tashkil etildi.


Seminar davomida maxsus tayyorlangan so‘rovnomalar tuman (shahar) mutaxassislariga tarqatilib, tizimga hamda faoliyatga oid qisqa savol-javoblar o‘tkazildi seminar yakunida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 oktyabrdagi PQ-3962-son qarori mazmun-mohiyati hamda my.ijro.gov bilan ishlash tartibi to‘g‘risida tushunchalar berib o‘tildi.




Kiritilgan vaqti: 20/01/2020 16:21;   Ko‘rilganligi: 276
 
Material manzili: http://samtmtb.uz/oz/news/maktabgacha-talim-tizimida-ish-yuritish-va-hujjatlar-ijrosini-nazorat-qilish-mavzusida-oquv-amaliy-seminar-bolib-otdi
Chop etilgan vaqti: 26/11/2020 11:47