Samarqand viloyati Samarqand tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

"O‘ZARO MAHORAT MAKTABI - MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTLARI MISOLIDA!"

Viloyat maktabgacha ta'lim boshqarmasi boshlig‘ining 2019 yil 25 sentyabrdagi "Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida mujassamlashgan ochiq hisobot mashg‘ulotlarini o‘tkazish tartibi bo‘yicha yo‘riqnomani tasdiqlash to‘g‘risida"gi 123-sonli buyrug‘i ijrosini ta'minlash maqsadida joriy yilning 13 yanvar kuni Samarkand tumanidagi 3-maktabgacha ta'lim tashkilotida Toylok tumanining 4 nafar mahoratli tarbiyachilari tomonidan "Ochiq mashg‘ulotlar" o‘tkazildi. Mashg‘ulotlarni viloyat maktabgacha ta'lim boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari D.Azizova, boshqarma bo‘lim boshlig‘i Sh.Jomuratov, viloyat maktabgacha ta'lim boshqarmasining doimiy harakatdagi metodik guruhi a'zolari hamda Camarkand va Toyloq tumanlari maktabgacha ta'lim bo‘limi mutaxassislari tahlil qilishdi va tegishli tavsiyalar berildi.

Toyloq tumanidan kelgan 4 nafar tarbiyachilar tumandagi 3-maktabgacha ta'lim tashkilotidagi guruhlarida mashg‘ulotlarni olib borish uchun yosh guruhlarni tanlash qur'a tashlash yo‘li bilan aniqlandi va ochiq mujassam mashg‘ulotlar o‘tkazildi.


Kiritilgan vaqti: 13/01/2020 17:42;   Ko‘rilganligi: 269
 
Material manzili: http://samtmtb.uz/oz/news/ozaro-mahorat-maktabi-maktabgacha-talim-tashkilotlari-misolida
Chop etilgan vaqti: 24/11/2020 05:20