Samarqand viloyati Samarqand tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

SAMARQAND TUMANIDA DAVLAT MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTI DIREKTORLARI UCHUN AMALIY SEMINAR TASHKIL ETILDI

Samarqand tuman 3-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida tumandagi barcha maktabgacha ta'lim tashkilotlari direktorlari ishtirokida tashkil etilgan amaliy seminarda viloyat Maktabgacha ta'lim boshqarmasi AKT mutaxassisi M.Shoqosimov va tuman maktabgacha ta'lim bo‘limi mudiri A.Begmurodov "Open Emis" dasturidan foydalanish va bolalarni DMTTga qabul qilish hamda ro‘yxatdan chiqarish to‘g‘risida so‘z yuritishdi. 

O‘quv-amaliy seminar doirasida bolalar qamrovini oshirishda mazkur "Open Emis" dasturining afzalligi, ishlash tartibi xususida batafsil tushunchalar berildi.
Seminar doirasida MTT direktorlari o‘zlarining qiziqqan savollariga atroflicha javoblar olishdi.


Kiritilgan vaqti: 20/02/2021 15:57;   Ko‘rilganligi: 242
 
Material manzili: http://samtmtb.uz/oz/news/samarqand-tumanida-davlat-maktabgacha-talim-tashkiloti-direktorlari-uchun-amaliy-seminar-tashkil-etildi
Chop etilgan vaqti: 23/10/2021 11:29