Samarqand viloyati Samarqand tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

Samarqand tumanidagi Gulobod ijtimoiy-iqtisodiy kollejida barcha tuman (shahar) maktabgacha ta'lim bo‘limi xodimlari o‘rtasida futbol spotr musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi tashkil topganining 2 yilligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi qabul qilinganligining 27 yilligini munosib nishonlash, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 5-ta muhim tashabbusi 4-chi yo‘nalishi doirasida Samarqand viloyati Maktabgacha ta'lim boshqarmasi boshlig‘ining "KUBOK"i uchun 16 tuman (shahar) maktabgacha ta'lim bo‘limi xodimlari o‘rtasida futbolning mini turi "Futzal" bo‘yicha tumanlararo futbol sport musobakasi tashkil etildi.

Mazkur musobakada Samarqand tumani maktabgacha ta'lim bo‘limi mezbonlik qildi. 

Qizg‘in davom etgan musobaqada  Qo‘shrabot tumani jamoasi 3-o‘rinni, Samarqand shahar jamoasi 2-o‘rinni, Nurobod tumani jamoasi faxrli 1-o‘rinni egallab boshqarma boshlig‘ining "KUBOK"i hamda diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.



Kiritilgan vaqti: 30/11/2019 17:19;   Ko‘rilganligi: 270
 
Material manzili: http://samtmtb.uz/oz/news/samarqand-tumanidagi-gulobod-ijtimoiy-iqtisodiy-kollejida-barcha-tuman-shahar-maktabgacha-talim-bolimi-xodimlari-ortasida-futbol-sport-musobaqasi-bolib-otdi
Chop etilgan vaqti: 24/11/2020 00:47