Samarqand viloyati Samarqand tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

"Sitora" bolajonlarni qabul qildi

1 iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan "Sitora" bolalar yozgi dam olish oromgohida bayram tadbiri tashkil etildi.



“Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostida o‘tgan tadbirda tuman hokimi va sektor rahbarlari ishtirok etib, bolajonlarga bayramona kayfiyat ulashishdi. Tadbir tuman hokimligi, O‘zbekiston davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Samarqand tuman kengashi hamda qator tashkilotlar hamkorligida tashkil etilib, unda ijtimoiy himoyaga muhtoj, ehtiyojmand oila farzandlari, boquvchisini yo‘qotgan bolalarga sovg‘alar ulashildi.

Xalq ta'limi va maktabgacha ta'lim bo‘limlari tomonidan tayyorlangan badiiy chiqishlar barcha ishtirokchilarga ko‘taringki kayfiyat ulashdi. Bolajonlar bayram davomida kuy-qo‘shiq va raqslar ijro etishdi. Vatan, do‘stlik, tinchlik ruhidagi she'rlar o‘qishdi.

Sportchi yoshlar tomonidan ko‘rgazmali chiqishlar namoyishi, tasviriy san'at namunalari ko‘rgazmasi barchaga manzur bo‘ldi.
Tadbir so‘ngida bolajonlar uchun bayram dasturxoni yozildi.


Kiritilgan vaqti: 01/06/2021 10:14;   Ko‘rilganligi: 16
 
Material manzili: http://samtmtb.uz/oz/news/sitora-bolajonlarni-qabul-qildi
Chop etilgan vaqti: 27/07/2021 02:58