Samarqand viloyati Samarqand tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

TUMAN MAKTABGACHA TA'LIM BO‘LIMI MUDIRI A.BEGMURODOV BARCHA MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTLARI DIREKTORLARI BILAN UTKAZILGAN YIG‘ILISH TO‘G‘RISIDA

Samarqand tuman maktabgacha ta'lim bo‘lim mudiri huzuridagi 2021 yil 2 fefral kuni tuman hokimligi binosida 42 ta davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti direktorlari va maktabgacha ta'lim tashkiloti hamshiralari, 89 ta oilaviy nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari va 7 ta davlat xususiy sherikchilik asosidagi maktabgacha ta'lim tashkilotlari ishtirok etishdi. 

Bo‘lim mudiri A.Begmurodov yig‘ilishni ochib berib ayrim xodimlarni ogohlantirishdan boshlab, turli masalalar muhokama qilindi, hamda barcha maktabgacha ta'lim tashkilotlaridagi qamrov, 70 foizli imtiyozli bolalarni qabul qilish, taomnoma me'yorlariga rioya etish to‘g‘risida gapirib o‘tdi.

Ta'lim-tarbiya sifatini ta'minlash va metodik xizmatni tashkil etish sho‘ba mudiri Z.Davidova so‘zga chiqib “Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablari”, “Ilk qadam” maktabgacha ta'lim tashkilotining davlat o‘quv dasturi to‘g‘risida gapirdi. O‘zbekiston Respublikasining ”Maktabgacha ta'lim to‘g‘risidagi Qonuni” to‘g‘risida. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim Vazirligining 2019 yil 30 avgustdagi 155-sonli buyrug‘i to‘g‘risida tarbiyachilarning ish hujjatlarining yuritilish ahvoli haqida o‘z fikr mulohazalarini bildirdi va maktabgacha ta'lim tashkiloti tarbiyachilarining ish hujjatlarini yuritish bo‘yicha tarbiyachilar keng muhokama qilib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.


Oxirgi o‘zgarish: 17/02/2021 07:14;   Ko‘rilganligi: 72
 
Material manzili: http://samtmtb.uz/oz/news/tuman-maktabgacha-talim-bolimi-mudiri-abegmurodov-barcha-maktabgacha-talim-tashkilotlari-direktorlari-bilan-utkazilgan-yigilish-togrisida
Chop etilgan vaqti: 16/05/2021 00:08