Samarqand viloyati Samarqand tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

Tumanda "KASHTAN MEVASI" nomli Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasi ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi

       Mazkur muassasa Samarqand tumani hokimining 2017 yil 25 fevraldagi "tumanda "KASHTAN MEVASI" Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasi tashkil etish to‘g‘risida"gi 459-Q-sonli qarori ijrosini ta'minlash, hududdagi 3-7 yoshli maktabgacha ta'limga qamrab olinmagan bolalarni maktab ta'limiga tayyorlash maqsadida Samarqand tumani "Arabxona" mahallasi "Tadbirkorlar" ko‘chasi 57-uyda "KASHTAN MEVASI" Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasi tashkil etildi.

       Ushbu Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasi 60o‘ringa mo‘ljallab moslashtirilgan bu bino barcha shart-sharoitlarga ega ekanligi, maktabgacha yoshdagi bolalarni ham jismonan ham ma'nam rivojlantirish uchun qulaydir.

        Ushbu Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasining 2018 yil 29-avgust kuni Samarqand viloyati maktabgacha ta'lim boshqarmasi boshlig‘i N.Sadinova, tuman hokimi Sh.Djamalov, tuman maktabgacha ta'lim bo‘limi mudiri D.Azizovalar ishtirokida ochilish marosimi o‘tkazildi va foydalanishga topshirildi.


Oxirgi o‘zgarish: 07/09/2018 12:22;   Ko‘rilganligi: 736
 
Material manzili: http://samtmtb.uz/oz/news/tumanda-kashtan-mevasi-nomli-nodavlat-maktabgacha-talim-muassasasi-ochilish-marosimi-bolib-otdi
Chop etilgan vaqti: 26/11/2020 11:17