Samarqand viloyati Samarqand tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

Tumanda oilaviy nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalarini tashkil etish va faoliyatini olib borish uchun 10 nafar tadbirkorlarga ruxsatnomalar tarqatildi.

       O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 30 iyuldagi 595-sonli qarori asosida 2018 yil 20 dekabr kuni Tuman hududidagi “Talibarzu”, “ Navobod”, “ Gulbog‘”, “Bo‘zi”, “Dehnav”. “Oqmachit”, “Yangiariq”, “Xaymari bolo”, “Qo‘shmachit”, “Qo‘lba” mahalla fuqarolar yig‘ini hududlarida jami 10 ta barcha shart-sharoitlarga ega oilaviy nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalarining ochilish tadbirlari bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbirda tuman hokimi Sh.Djamalov tomonidan oilaviy nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalarini tashkil etish va faoliyatini olib borish uchun bir qator tadbirkorlarga ruxsatnomalar tarqatildi.


Kiritilgan vaqti: 20/12/2018 15:59;   Ko‘rilganligi: 506
 
Material manzili: http://samtmtb.uz/oz/news/tumanda-oilaviy-nodavlat-maktabgacha-talim-muassasalarini-tashkil-etish-va-faoliyatini-olib-borish-uchun-10-nafar-tadbirkorlarga-ruxsatnomalar-tarqatildi
Chop etilgan vaqti: 23/11/2020 23:29