Samarqand viloyati Samarqand tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

Tumandagi 23-sonli davlat maktabgacha ta'lim muassasasida o‘quv-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.

       “Bugungi kunda maktabgacha ta'lim muassasasi qanday bo‘lishi kerak?: jumladan, maktabgacha ta'lim muassasalarida ta'lim-tarbiya jarayonini sifatli tashkil etish, tizimli rejalashtirish va muvofiqlashtirishning asosiy yo‘nalishlari” shiori ostida o‘quv-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.

       Mazkur seminarda viloyat maktabgacha ta'lim boshqarmasi mutaxassislari, tumandagi barcha maktabgacha ta'lim muassasalari mudiralari, psixologlari, musiqa rahbarlari, jismoniy tarbiya yo‘riqchilari hamda tarbiyachilari ishtirok etishdi.

       Seminar kun tartibida maktabgacha ta'lim muassasasida tashkil etilgan Kuzatuv kengashlari faoliyati, Open EMIS axborot tizimiga ma'lumotlarni muntazam ravishda kiritishda MTM mudirasining asosiy vazifalari,  hamda Maktabgacha ta'lim vazirining 2018 yil 15 avgustdagi “Davlat maktabgacha ta'lim muassasalarining ish xujjatlari to‘g‘risida”gi 183-sonli buyrug‘i ijrosi yuzasidan ta'lim-tarbiya jarayonini sifatli tashkil etishda me'yoriy xujjatlarning ahamiyati to‘g‘risidagi masalalar muhokama etildi.


Kiritilgan vaqti: 05/02/2019 15:11;   Ko‘rilganligi: 574
 
Material manzili: http://samtmtb.uz/oz/news/tumandagi-23-sonli-davlat-maktabgacha-talim-muassasasida-oquv-amaliy-seminar-bolib-otdi
Chop etilgan vaqti: 26/11/2020 12:05