Samarqand viloyati Samarqand tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

Tumandagi "Yangijoy" mahallasida tuman hokimi Shuxrat Djamalov tashabbusi va homiylar yordamida barcha qulayliklarga ega bo‘lgan 39-sonli davlat maktabgacha ta'lim muassasasi tashkil etildi.

Muassasaning ochilish marosimida tuman hokimi Sh.Djamalov, nuroniy otaxonlar, onaxonlar hamda hududdagi mahalla faollari ishtirok etib, muassasada yaratilgan sharoitlar bilan tanishishdi.
Yurtimizda maktabgacha ta'limga bo‘lgan yuksak e'tibor hamda chekka hududlarda maktabgacha ta'lim muassasasiga bo‘lgan ehtiyojni hisobga olgan holda barpo etilgan bu muassasada mahalliy aholining 75 nafar farzandlari tarbiyalanishi rejalashtirilgan. Muassasada yosh avlodning sifatli ta'lim-tarbiya olishlari, sog‘lom ulg‘ayishlari uchun barcha qulayliklar yaratilgan.
Maskanda ta'lim-tarbiya jarayonini ilg‘or xorijiy tajribalar asosida olib borish bilan birga, ta'lim jarayonining sifat darajasini ko‘tarish maqsadida rus, ingliz tillarini chuqur o‘rgatish, rasm, shaxmat-shashka to‘garaklarini tashkil etish uchun malakali mutaxassislar jalb qilinishi rejalashtirilgan.
Bir so‘z bilan aytganda, bolalarning har tomonlama yetuk inson bo‘lib ulg‘ayishlari, O‘zbekiston Respublikasida belgilangan Maktabgacha yoshdagi bolalar ta'lim-tarbiyasiga qo‘yiladigan Davlat talablari ijrosini bajarish uchun muassasada barcha imkoniyatlar yaratilgan.

На данном изображении может находиться: один или несколько человек, люди стоят и на улицеНа данном изображении может находиться: один или несколько человек и люди стоятНа данном изображении может находиться: 8 человек, люди стоят, свадьба, ребенок и на улицеНа данном изображении может находиться: 3 человека, люди сидят, люди стоят, костюм, стол и в помещенииНа данном изображении может находиться: 5 человек, люди сидят, люди стоят и в помещенииНа данном изображении может находиться: 4 человека, люди стоят, дерево, цветок, растение и на улицеНа данном изображении может находиться: один или несколько человек и на улицеНа данном изображении может находиться: один или несколько человек, растение, дерево, небо, на улице и природаНа данном изображении может находиться: кухня и в помещении


Kiritilgan vaqti: 04/06/2019 17:40;   Ko‘rilganligi: 341
 
Material manzili: http://samtmtb.uz/oz/news/tumandagi-yangijoy-mahallasida-tuman-hokimi-shuxrat-djamalov-tashabbusi-va-homiylar-yordamida-barcha-qulayliklarga-ega-bolgan-39-sonli-davlat-maktabgacha-talim-muassasasi-tashkil-etildi
Chop etilgan vaqti: 24/11/2020 06:09