Samarqand viloyati Samarqand tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

Tumanimizda ilk bor Davlat-xususiy sherikchilik asosida "DILNURA ANGELINA" nomli Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasi faoliyat boshladi

          “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Maktabgacha ta'lim tizimini yanada rag‘batlantirish to‘g‘risida”gi 2018 yil 5 aprel PQ-3651 sonli qarorining 1-ilovasiga binoan Maktabgacha ta'lim sohasida davlat xususiy sheriklik to‘g‘risidagi Nizomiga asosan Samarqand tumani “Dehnav” mahallasida Davlat xususiy sherikchilik asosida “Dilnura Angelina” nomli nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasi tashkil etildi.

       Prezidentimiz say harakatlari bilan, chekka hududdagi mahallalarda tashkil etilayotgan bunday nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalarida farzandlarini maktabgacha ta'lim muassasasiga joylashtirishga imkoniyatlari bo‘lmagan kam ta'minlangan Oila farzandlari qamrab olinmoqda.

         Samarqand viloyati Samarqand tumanida 2019 yil 11 may kuni davlat-xususiy sheriklik asosida barcha qulayliklarga ega “Dilnura Angelina” nomli nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasi ochildi.

         Muassasada 100 nafar bolalarni tarbiyalash rejalashtirilgan bo‘lib, shundan 25 nafarini ijtimoiy ko‘makka muhtoj oilalarning farzandlari tashkil etadi.

    Muassasaning ochilish marosimida tuman hokimi Sh.Djamolov, viloyat maktabgacha ta'lim boshqarmasi boshlig‘i Sh.Raxmonov, nuroniy otaxonlar, onaxonlar hamda boshqa mehmonlar ishtirok etib , muassasada yaratilgan sharoitlar bilan tanishishdi.

        Yurtimizda maktabgacha ta'limga bo‘lgan yuksak e'tibor hamda yaratilgan shart-sharoitlar natijasida tadbirkor Dilafruz Qobilova tomonidan 2018 yilning iyul oyida bankdan 2,1 mlrd. so‘m imtyozli kredit mablag‘lari olinib, qarovsiz yotgan yer maydonida qurilish ishlari boshlangan edi.

       Bugungi kunda qurib bitkazilgan “Dilnura Angelina” nomli davlat-xususiy sheriklik asosidagi nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasida bolajonlarning sifatli ta'lim-tarbiya olishlari, sog‘lom ulg‘ayishlari uchun barcha qulayliklarga ega.

       Muhtasham bino, malakali mutaxassislar jamoasi, zamonaviy texnika vositalari va jihozlar bilan ta'minlangan o‘quv xonalari, alohida oshxona, sayr qilish uchun bog‘, o‘yin atraksionlari, suzish havzasi, jonli burchak barchasi bolajonlar xizmatida.

     Maskanda ta'lim-tarbiya jaryoni ilg‘or xorijiy tajribalar asosida olib borilmoqda. Rus, ingliz tillari chuqur o‘rgatiladi va rasm, badiiy gimnastika, suzish, raqs to‘garaklarida malakali mutaxassislar mashg‘ulot o‘tmoqda.

       Bir so‘z bilan aytganda, bolalarning har tomonlama yetuk inson bo‘lib ulg‘ayishlari uchun muassasada barcha imkoniyatlar yaratilgan.

       Bunday shart-sharoitlardan bizning kelajagimiz davomchilari bo‘lgan yosh avlod juda ham mamnun.

На данном изображении может находиться: 6 человек, толпа, ребенок и на улицеНа данном изображении может находиться: дом, небо, дерево, растение и на улицеНа данном изображении может находиться: один или несколько человек и в помещенииНа данном изображении может находиться: люди сидят, стол и в помещенииНа данном изображении может находиться: стол и в помещенииНет описания фото.На данном изображении может находиться: люди сидят, стол и в помещенииНа данном изображении может находиться: в помещенииНа данном изображении может находиться: один или несколько человек и в помещенииНет описания фото.На данном изображении может находиться: в помещенииНа данном изображении может находиться: в помещенииНа данном изображении может находиться: текстНа данном изображении может находиться: в помещенииНа данном изображении может находиться: дом, растение, дерево и на улицеНа данном изображении может находиться: один или несколько человек, дом, дерево, растение и на улицеНа данном изображении может находиться: на улице


Kiritilgan vaqti: 11/05/2019 15:09;   Ko‘rilganligi: 409
 
Material manzili: http://samtmtb.uz/oz/news/tumanimizda-ilk-bor-davlat-xususiy-sherikchilik-asosida-dilnura-angelina-nomli-nodavlat-maktabgacha-talim-muassasasi-faoliyat-boshladi
Chop etilgan vaqti: 24/11/2020 05:29