Samarqand viloyati Samarqand tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

"VATAN HIMOYASI-MUQADDAS BURCH!"

Samarqand tumani Maktabgacha ta'lim bo‘limi tasarrufidagi maktabgacha ta'lim tashkilotlarida 14 yanvar - "Vatan himoyachilari kuni"ga bag‘ishlab "Vatan himoyasi-muqaddas burch!" shiori ostida ommaviy va madaniy tadbirlar tashkil etildi. Mazkur tadbir doirasida maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarbiyachilari tomonidan ochiq mujassam mashg‘ulotlar va sahna ko‘rinishlari tayyorlandi.

Tadbirda ishtirok etgan bolajonlar ongida Vatan himoyasi kabi muqaddas yigitlik burchi va ona Vatan tuyg‘usini kuchaytirishga yo‘naltirilgan tarbiyaviy va ma'rifiy g‘oyalar targ‘ib qilindi.

Yosh avlod qalbiga Vatan himoyasi muqaddas burch ekanligi sindirilib, mazkur yo‘nalishlarni ask ettiruvchi MTT tarbiyalanuvchilari ishtirokida sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.

0


Kiritilgan vaqti: 14/01/2020 14:39;   Ko‘rilganligi: 221
 
Material manzili: http://samtmtb.uz/oz/news/vatan-himoyasi-muqaddas-burch
Chop etilgan vaqti: 24/11/2020 06:09