Хабарлар

Samarqand tuman 10-son maktabgacha talim tashkilotida "Xalqaro oila kuni" munosabati bilan "Oilam uchun o‘z qo‘lim bilan tayyorlagan sovg‘am" mavzusida tadbirning tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi.

20-05-2022 14:31   58

YANGI BOG'CHALAR BAYRAMGA TUHFA

27-03-2022 14:41   99


Samarqand tumani “Rustam” mahallasida 100 o'rinli “Raduga” hamda "Badal" mahallasida 75 o‘rinli "Diyora" nomli nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari foydalanishga topshirildi.

Bog'chalarda ochiq eshiklar kuni

28-08-2021 07:50   195

2021 yil 27 avgust kuni Samarqand tuman 3-son maktabgacha ta'lim tashkilotida ochiq eshiklar kuni o‘tkazildi. Tashkilotga Kuzatuv kengashi raisi va  a‘zolari tashrif buyurib tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdilar.

Xalq deputatlari Samarqand tuman Kengashining o‘ttiz yettinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

21-08-2021 09:59   188

Sessiyani Kengash raisi, tuman hokimi Nosir Mavlonov olib bordi.

Unda Samarqand tumani sektor rahbarlari, tuman istemolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati raisi, sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi boshlig‘i, maktabgacha ta’lim bo‘limi rahbarlarining hisobotlari tinglandi.

Assalomu alayko'm, aziz yurtdoshlar!

19-07-2021 22:11   216

Sizlarni, yurtimizdagi barcha moʻmin-musulmonlarni, butun xalqimizni shukronalik, saxovat va mehr-oqibat ayyomi – muborak Qurbon hayiti bilan chin qalbimdan samimiy tabriklayman. Bugungi kunda xalqimizning farovon hayoti, jondan aziz farzandlarimizning baxtu iqbolini taʼminlash yoʻlida amalga oshirayotgan barcha islohotlarimiz, har bir sohadagi ishlarni tubdan takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarimiz barcha tashkilotlar tomonidan keng eʼtirof etilmoqda. Ushbu ulugʻ ayyom kunlarida barcha doʻstlarimizni samimiy qutlab, farzandlar baxt-u kamolini, oila osoyishtaligini, tinchlik va xotirjamlik, taraqqiyot hamda farovonlik tilayman va Siz azizlarni muborak Qurbon hayiti bilan yana bir bor chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.

Hurmat bilan,

Azamjon Begmurodov,

Tuman maktabgacha ta'lim bo‘limi mudiri.

КЎРГАЗМАЛИ СЕМИНАРДА ЎРГАНАМИЗ

10-07-2021 08:20   253

Вилоят Мактабгача таълим бошқармаси ташаббуси билан Мактабгача таълим вазирлиги кўрсатмаси асосида Самарқанд туманидаги 17-МТТ да “Пандемия шароитида давлат мактабгача таълим ташкилотлари иш фаолиятини  тиклаши ҳамда таълим-тарбия жараёнини ташкил этишда амалга ошириладиган устувор вазифалар” мавзусига бағишланган ўқув-амалий семинари ўтказилди.

Сув сайли

09-07-2021 10:00   374

Самарқанд туманидаги "Baby land kids akademy" НМТТда "Сув сайли" тадбири ўтказилди. Унда тарбияланувчилар эртак қаҳрамонлари иштирокида турли бадиий чиқишларни намойиш этди.

Болажонлар ёзнинг иссиқ кунларини мароқли ўтказадиган бўлишди

29-06-2021 15:57   256

Шу кунларда мактабгача таълим ташкилотларида тарбияланаётган болажонларга барча шароитларни яратиб бериш, айниқса ёзнинг иссиқ кунларини мароқли ўтказишлари учун чўмилиш ҳавзаси ва ёзги шийпонларни тайёр ҳолга келтиришга катта эътибор қаратилган. 

РАДИОДА ШЕЪР АЙТАМИЗ, АУДИО ЭРТАК ЭШИТАМИЗ

24-06-2021 08:12   246

Боғча бу кўпчилигимизнинг беғубор дамларимиз кечган, “бормайман” деб хархаша қилганимизда ота-онамиз  эвазига ниманидир ваъда бериб боришга ундаган маскандир.  Бу ерда самимийлик, поклик  бор. Болалар дунёси  зум бўлса-да сизни ташвишлардан, чарчоқлардан холи қилади. 

Ҳар бир мактабгача таълим ташкилотида болалар учун чўмилиш ҳавзаси бўлиши керак

18-06-2021 09:48   280

Жавлон Санаев:

Ҳар бир мактабгача таълим ташкилотида болалар учун чўмилиш ҳавзаси бўлиши керак