Matbuot xizmati
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligaga vazir tayinlandi.

20-01-2023 11:26 24
Umarova Hilola Uktamovna
O‘zbekiston Respublikasi
maktabgacha va maktab ta’limi vaziri.
Biografiya
Umarova Hilola Uktamovna 1988 yil 9-avgust sanasida Olmoniyaning Vaymer shahrida tug’ilgan. Millati o’zbek, Partiyaviyligi yo’q . 2018-yil 1-noyabrdan: Toshkent shahridagi Inxa universitetining faol tadbirkorlik, innovatsion gʻoyalar va texnologiyalarni qoʻllab-quvvatlash masalalari boʻyicha bosh menejeri lavozimida ishlab kelgan. “O’zbekiston belgisi” ko’krak nishoni davlat mukofati bilan taqdirlangan
Ta'lim
Ma’lumoti: oliy
Tamomlagan:
2010 y. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti (bakalavr)
2013 y. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti (magistratura)
Mehnat Faoliyati
2014-2016 yy. - Toshkent shahridagi Inha universiteti xujjat taʼminoti va nazorati guruhi 1- toifali mutaxassisi
2016-2018 yy. - Toshkent shahridagi Inha universitetihamkorlikni rivojlantirish va homiyliknijalbetish boʻlimi yetakchi mutaxassisi
2018-2018 yy. - Toshkent shahridagi Inha universiteti xalqaro hamkorlik boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari
2018-2018 yy. - Toshkent shahridagi Inha universiteti xalqaro hamkorlik boʻlimi boshligʻi
2018-y. - h.v.- Oʻzbekiston Respublikasi Prezident huzuridagi Davlat boshqaruvi Akademiyasi tadqiqotchisi
2018-y.-h.v. - Toshkent shahridagi Inxa universitetining faol tadbirkorlik, innovatsion gʻoyalar va texnologiyalarni qoʻllab-quvvatlash masalalari boʻyicha bosh menejeri
Vatanparvar oyligiga bag'ishglangan tadbir

29-12-2022 08:41 55
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoyishiga ko‘ra har yili 15-dekabrdan 15-yanvargacha respublika miqyosida o‘tkaziladigan Vatanparvarlik oyligi doirasida 2022-yil 28-dekabr kuni Samarqand tuman 3-son DMTTda Samarqand shahar 13060 -harbiy qism katta leytenanti Azamov Abbos Akmal ogli hamda kichik serjant Toshpulatov Samad Siroj ogli tomonlaridan tayyorlov guruhi tarbiyalanuvchilari uchun "Vatanni himoya qilish – sharafli, oliyjanob va ma’suliyatli burch” mavzusida suhbat otkazildi.
Harbiy Vatanparvarlik oyligi doirasida otkazilgan ushbu suhbatda milliy armiyamizning bugungi qudrati, vatan himoyachilari uchun berilayotgan imtiyozlar, ular uchun yaratilgan shart-sharoitlar, shuningdek yurtimizda hozirgi kunda faoliyat yuritayotgan harbiy bilim yurtlari haqida ham ma’lumotlar berildi.
Ushbu suhbat tarbiyalanuvchilarning harbiylikka bolgan qiziqishlarini oshirdi va ularda vatanparvarlik tuygusi yanada oshishiga xizmat qildi.
Qurolli kuchlarning mamlakat suvereniteti va hududiy yaxlitligini saqlash, xalqimizning tinchligi hamda bunyodkorlik mehnatini himoyalash, yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashdagi ahamiyatini inobatga olib Samarqand tuman 3-son DMTT jamoasi nomidan yurtimizdagi barcha vatan himoyachilarini ushbu qutlug’ ayyom bilan tabriklaymiz va ularning Vatanni himoyalashdek ulug’ va zahmatli ishlarida omadlar tilaymiz.
Kuz-qish mavsumi bo'icha
22-12-2022 07:48 63
Joriy yilning 19 dekabr sanasida Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining Samarqand tumanidagi Xalq qabulxonasi mudiri I.Murodov va Samarqand viloyati maktabgacha taʼlim boshqarmasi korruptsiyaga qarshi kurashish kompleks nazoratini amalga oshirish boʼyicha bosh mutaxassisi Q.Meliqulov, Samarqand tumani Maktabgacha taʼlim bulimi xodimlari ishtirokida Xalq qabulxonasi binosida tumandagi barcha maktabgacha taʼlim tashkilotlari mudiralari va xoʼjalik mudirlarini jalb qilgan holda yigʼilish oʼtkazildi. Unda maktabgacha taʼlim tashkilotlarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati, koʼmir zahirasi va oziq-ovqat zahirasini yaratish, issiqlik taʼminoti, isitish vositalaridan ehtiyotkorona foydalanish, is gazidan zaharlanish holatlarini oldini olish, tarbiyalanuvchilar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, kadrlar salohiyatini oshirish, taʼlim sifatiga alohida eʼtibor berish va DMTTlar hududini obodonlashtirish masalalari tanqidiy muhokama etildi. Joriy yilning 12-13-14 va 15 dekabr kunlari ishchi guruh tomonidan oʼrganish natijasida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan masʼullarga aniq koʼrsatma-topshiriqlar berildi va ogohlantirildi.
spo'rt

22-12-2022 07:42 66
Tumandagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarda tayyorlov va katta guruh tarbiyalanuvchilari bilan o’tkazilgan ,sport turlari ,,Yurish, yugurish va arqon tortish milliy o’yinlarga’’ alohida e’tibor berib, bolalarda sportga bo’lgan qiziqishlarini ortishga ,Tarbiyachi va jismoniy tarbiya yo’riqchilari tomonidan zamin yaratilgan ,chunki sport bilan shug’llangan barkamol avlod -kuch -qudratga ega bo’ladi, deb bejiz aytilmagan, barcha bolajonlar ham, jismoniy mashqlarni a’lo darajaga bajardilar va tadbirga faol ishtirok etdilar.
sport
21-12-2022 07:08 47
Tumandagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarda tayyorlov va katta guruh tarbiyalanuvchilari bilan o’tkazilgan ,sport turlari ,,Yurish, yugurish va arqon tortish milliy o’yinlarga’’ alohida e’tibor berib, bolalarda sportga bo’lgan qiziqishlarini ortishga ,Tarbiyachi va jismoniy tarbiya yo’riqchilari tomonidan zamin yaratilgan ,chunki sport bilan shug’llangan barkamol avlod -kuch -qudratga ega bo’ladi, deb bejiz aytilmagan, barcha bolajonlar ham, jismoniy mashqlarni a’lo darajaga bajardilar va tadbirga faol ishtirok etdilar.
Yo’l xavfsizligi oyligi
21-12-2022 06:57 45
Samarqand viloyati Samarqand tumani maktabgacha ta’lim bo‘limi tasarrufidagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ,,Yo’l xavfsizligi oyligi’’ munosabati bilan, ,,Diqqat Bolalar, diqqat yo’lovchi’’ mavzu bo’yicha tadbir o’tkazildi.
8-dekabr kanistitutsiya kuniga bag'ishlangan tadbir
21-12-2022 06:49 38
Samarqand tuman maktabgacha ta’lim bo‘limi tasarrufidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarda ,,8-dekabr Konstitutsiya kuniga’’ bag’ishlab, ,,Baxtimiz Qomusi – Konstitutsiyamizning 30 yilligi’’ keng nishonlandi.
Hosil bayrami

11-11-2022 13:32 68
Yurtimiz bo‘ylab kuzning tarovati kezib yurgan ayni kunlarda tumanimizdagi barcha ta’lim muassasalarida hosil bayrami o‘zgacha shukuh bilan nishonlanmoqda. Jumladan Samarqand tumunidagi Muxtorova Aziza Alamjonova YaTTda ham hosil bayrami keng nishonlandi. Unda kichik hamda katta guruh tarbiyalanuvchilari o‘zlari yod olgan she'r, qo‘shiq va ajoyib raqslari bilan bayramni yanada qiziqarli o‘tkazishdi.
Mahorat maktabi a'zolari SAMARQAND TUMANIDA!

11-11-2022 09:06 87
Mahorat maktabi a'zolari
SAMARQAND TUMANIDA!
Mahorat maktabi a'zolari Nilufar Mardiyevna, Abdullayeva Zarnigor, Rahmatova Ruxsora va Ariqulova Bahoralar tomonidan
belgilangan mavzular:
-Attestasiyaga tayyorgarlik kurish hamda kadrlar salohiyatini oshirish;
-"Ilk qadam" takomillashtirilgan 2 nashrini ish faoliyatida tadbiq etish;
-Rivojlantirish xaritani yuritish
-Tarbiyachining shaxsiy ish rejasi va hamkorlik ish rejasi tuzush va yuritish ahamiyati haqida to'liq tushuncha berildi
Seminarda test sinovlar o'tkazildi.
Hamda rivojlantirish xaritalari buyicha namunlar berildi.
Eng faol ishtirokchilar taqdirlandi.
Baxs munozara asosida o'tkazilgan seminar trening barcha ishtirokchlilarda katta tassurot qoldirdi.
Samarqand viloyati maktabgacha ta’lim boshqarmasi axborot xizmati.
Keksalar e'zozda" nomli tadbir tashkil etildi.
11-10-2022 15:37 114
Samarqand tumanidagi "Dilnura angilena" DXSH asosidagi maktabgacha ta'lim tashkilotida "Keksalar e'zozda" nomli tadbir tashkil etildi. Tadbirda tuman maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ishlagan va hozirda nafaqaga chiqqan faxriy ustoz, murabbiylar taklif etildi. Tadbir jarayonida "Mening buvim oshxonada" tanlovi o'tkazildi buvijonlar, bolajonlar bilan birgalikda taomlar tayyorlashdi.