Maxsus imkoniyatlar

Tadbirlar

sport

21-12-2022 07:08   47

Tumandagi  maktabgacha ta’lim tashkilotlarda   tayyorlov  va katta  guruh  tarbiyalanuvchilari  bilan  o’tkazilgan ,sport turlari  ,,Yurish, yugurish va arqon tortish   milliy  o’yinlarga’’       alohida  e’tibor berib,  bolalarda  sportga bo’lgan qiziqishlarini ortishga ,Tarbiyachi va jismoniy tarbiya yo’riqchilari tomonidan zamin yaratilgan ,chunki sport bilan shug’llangan  barkamol avlod -kuch -qudratga ega bo’ladi, deb bejiz aytilmagan, barcha bolajonlar ham, jismoniy mashqlarni a’lo darajaga bajardilar va  tadbirga  faol ishtirok etdilar.

Yo’l xavfsizligi oyligi

21-12-2022 06:57   45

 Samarqand viloyati  Samarqand  tumani  maktabgacha   ta’lim   bo‘limi  tasarrufidagi   davlat   maktabgacha  ta’lim  tashkilotlarida ,,Yo’l xavfsizligi oyligi’’  munosabati bilan, ,,Diqqat Bolalar, diqqat  yo’lovchi’’ mavzu   bo’yicha   tadbir  o’tkazildi.

8-dekabr kanistitutsiya kuniga bag'ishlangan tadbir

21-12-2022 06:49   38

Samarqand   tuman   maktabgacha   ta’lim   bo‘limi   tasarrufidagi   maktabgacha ta’lim  tashkilotlarda  ,,8-dekabr Konstitutsiya kuniga’’ bag’ishlab, ,,Baxtimiz  Qomusi – Konstitutsiyamizning 30 yilligi’’ keng nishonlandi.

Hosil bayrami

11-11-2022 13:32   68

Yurtimiz bo‘ylab kuzning  tarovati kezib yurgan ayni kunlarda tumanimizdagi barcha ta’lim muassasalarida hosil bayrami o‘zgacha shukuh bilan nishonlanmoqda. Jumladan Samarqand tumunidagi Muxtorova Aziza Alamjonova YaTTda ham hosil bayrami keng nishonlandi. Unda kichik hamda katta guruh tarbiyalanuvchilari o‘zlari yod olgan she'r, qo‘shiq va ajoyib raqslari bilan bayramni yanada qiziqarli o‘tkazishdi.

   

Mahorat maktabi a'zolari SAMARQAND TUMANIDA!

11-11-2022 09:06   87

Mahorat maktabi a'zolari
SAMARQAND TUMANIDA!
Mahorat maktabi a'zolari Nilufar Mardiyevna, Abdullayeva Zarnigor, Rahmatova Ruxsora va Ariqulova Bahoralar tomonidan
belgilangan mavzular:
-Attestasiyaga tayyorgarlik kurish hamda kadrlar salohiyatini oshirish;
-"Ilk qadam" takomillashtirilgan 2 nashrini ish faoliyatida tadbiq etish;
-Rivojlantirish xaritani yuritish
-Tarbiyachining shaxsiy ish rejasi va hamkorlik ish rejasi tuzush va yuritish ahamiyati haqida to'liq tushuncha berildi

Seminarda test sinovlar o'tkazildi.
Hamda rivojlantirish xaritalari buyicha namunlar berildi.
Eng faol ishtirokchilar taqdirlandi.
Baxs munozara asosida o'tkazilgan seminar trening barcha ishtirokchlilarda katta tassurot qoldirdi.

Samarqand viloyati maktabgacha ta’lim boshqarmasi axborot xizmati.

  

Keksalar e'zozda" nomli tadbir tashkil etildi.

11-10-2022 15:37   114

Samarqand tumanidagi "Dilnura angilena" DXSH asosidagi maktabgacha ta'lim tashkilotida "Keksalar e'zozda" nomli tadbir tashkil etildi. Tadbirda tuman maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ishlagan va hozirda nafaqaga chiqqan faxriy ustoz, murabbiylar  taklif etildi. Tadbir jarayonida "Mening buvim oshxonada"  tanlovi o'tkazildi buvijonlar, bolajonlar bilan birgalikda taomlar tayyorlashdi.

1-oktyabr ustozlar va murabbiylar kuniga bag'ishlangan tadbir

03-10-2022 12:47   137

30.09.2022-yil kuni Samarqand tuman chumchuqli mahallasidagi “Visol” bazmgohida “1 oktyabr – o‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan tantanali bayram tadbiri tashkil etildi.Unda tuman hokimi, sektor rahbarlari, tumandagi xalq ta’limi, maktabgacha ta’lim, kasb-hunar maktablari faollari, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.Tadbirda tuman hokimi Sirojiddin Usmanov o‘qituvchi va murabbiylarni bayram munosabati bilan samimiy tabrikladi.Shuningdek, yosh avlodni intellektual va ma’naviy salohiyatli qilib tarbiyalashda qo‘shgan hissasi, ta’lim-tarbiya tizimida ko‘p yillik samarali mehnati uchun bir guruh o‘qituvchi va murabbiylar tuman hokimligining tashakkurnoma hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

30.09.2022-yil kuni Samarqand tumani 15-son davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida “Innovatsion va axborot kommunikatsiyalarni qo‘llaydigan eng yaxshi tarbiyachi” ko‘rik tanlovi bo‘lib o‘tdi, bu tanlovda Samarqand tumani 3-son davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisi Qodirova Nilufar Farruxovna ishtirok etib faxrli 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

03-10-2022 07:25   119

Samarqand tuman 41-maktabgacha ta'lim tashkilotida mustaqilligimizning 31-yilligi munosabati bilan "Yangi O'zbekistonda el aziz inson aziz" deb nomlangan bayram tadbirlari bo'lib o'tdi

31-08-2022 13:28   170