Maxsus imkoniyatlar

Xabarlar

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligaga vazir tayinlandi.

20-01-2023 11:26   24

Umarova Hilola Uktamovna
O‘zbekiston Respublikasi
maktabgacha va maktab ta’limi vaziri.
Biografiya
Umarova Hilola Uktamovna 1988 yil 9-avgust sanasida Olmoniyaning Vaymer shahrida tug’ilgan. Millati o’zbek, Partiyaviyligi yo’q . 2018-yil 1-noyabrdan: Toshkent shahridagi Inxa universitetining faol tadbirkorlik, innovatsion gʻoyalar va texnologiyalarni qoʻllab-quvvatlash masalalari boʻyicha bosh menejeri lavozimida ishlab kelgan. “O’zbekiston belgisi” ko’krak nishoni davlat mukofati bilan taqdirlangan

Ta'lim
Ma’lumoti: oliy

Tamomlagan:

2010 y. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti (bakalavr)
2013 y. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti (magistratura)
Mehnat Faoliyati
2014-2016 yy. - Toshkent shahridagi Inha universiteti xujjat taʼminoti va nazorati guruhi 1- toifali mutaxassisi
2016-2018 yy. - Toshkent shahridagi Inha universitetihamkorlikni rivojlantirish va homiyliknijalbetish boʻlimi yetakchi mutaxassisi
2018-2018 yy. - Toshkent shahridagi Inha universiteti xalqaro hamkorlik boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari
2018-2018 yy. - Toshkent shahridagi Inha universiteti xalqaro hamkorlik boʻlimi boshligʻi
2018-y. - h.v.- Oʻzbekiston Respublikasi Prezident huzuridagi Davlat boshqaruvi Akademiyasi tadqiqotchisi
2018-y.-h.v. - Toshkent shahridagi Inxa universitetining faol tadbirkorlik, innovatsion gʻoyalar va texnologiyalarni qoʻllab-quvvatlash masalalari boʻyicha bosh menejeri

Vatanparvar oyligiga bag'ishglangan tadbir

29-12-2022 08:41   54

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoyishiga ko‘ra har yili 15-dekabrdan 15-yanvargacha respublika miqyosida o‘tkaziladigan Vatanparvarlik oyligi doirasida 2022-yil 28-dekabr kuni Samarqand tuman 3-son DMTTda Samarqand shahar 13060 -harbiy qism katta leytenanti Azamov Abbos Akmal ogli hamda kichik serjant Toshpulatov Samad Siroj ogli tomonlaridan tayyorlov guruhi tarbiyalanuvchilari uchun "Vatanni himoya qilish – sharafli, oliyjanob va ma’suliyatli burch” mavzusida suhbat otkazildi.
Harbiy Vatanparvarlik oyligi doirasida otkazilgan ushbu suhbatda milliy armiyamizning bugungi qudrati, vatan himoyachilari uchun berilayotgan imtiyozlar, ular uchun yaratilgan shart-sharoitlar, shuningdek yurtimizda hozirgi kunda faoliyat yuritayotgan harbiy bilim yurtlari haqida ham ma’lumotlar berildi.
Ushbu suhbat tarbiyalanuvchilarning harbiylikka bolgan qiziqishlarini oshirdi va ularda vatanparvarlik tuygusi yanada oshishiga xizmat qildi.
Qurolli kuchlarning mamlakat suvereniteti va hududiy yaxlitligini saqlash, xalqimizning tinchligi hamda bunyodkorlik mehnatini himoyalash, yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashdagi ahamiyatini inobatga olib Samarqand tuman 3-son DMTT jamoasi nomidan yurtimizdagi barcha vatan himoyachilarini ushbu qutlug’ ayyom bilan tabriklaymiz va ularning Vatanni himoyalashdek ulug’ va zahmatli ishlarida omadlar tilaymiz.

    

Kuz-qish mavsumi bo'icha

22-12-2022 07:48   63

Joriy yilning 19 dekabr sanasida Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining Samarqand tumanidagi Xalq qabulxonasi mudiri I.Murodov va Samarqand viloyati maktabgacha taʼlim boshqarmasi korruptsiyaga qarshi kurashish kompleks nazoratini amalga oshirish boʼyicha bosh mutaxassisi Q.Meliqulov, Samarqand tumani Maktabgacha taʼlim bulimi xodimlari ishtirokida Xalq qabulxonasi binosida tumandagi barcha maktabgacha taʼlim tashkilotlari mudiralari va xoʼjalik mudirlarini jalb qilgan holda yigʼilish oʼtkazildi. Unda maktabgacha taʼlim tashkilotlarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati, koʼmir zahirasi va oziq-ovqat zahirasini yaratish, issiqlik taʼminoti, isitish vositalaridan ehtiyotkorona foydalanish, is gazidan zaharlanish holatlarini oldini olish, tarbiyalanuvchilar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, kadrlar salohiyatini oshirish, taʼlim sifatiga alohida eʼtibor berish va DMTTlar hududini obodonlashtirish masalalari tanqidiy muhokama etildi. Joriy yilning 12-13-14 va 15 dekabr kunlari ishchi guruh tomonidan oʼrganish natijasida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan masʼullarga aniq koʼrsatma-topshiriqlar berildi va ogohlantirildi.   


spo'rt

22-12-2022 07:42   66

Tumandagi  maktabgacha ta’lim tashkilotlarda   tayyorlov  va katta  guruh  tarbiyalanuvchilari  bilan  o’tkazilgan ,sport turlari  ,,Yurish, yugurish va arqon tortish   milliy  o’yinlarga’’       alohida  e’tibor berib,  bolalarda  sportga bo’lgan qiziqishlarini ortishga ,Tarbiyachi va jismoniy tarbiya yo’riqchilari tomonidan zamin yaratilgan ,chunki sport bilan shug’llangan  barkamol avlod -kuch -qudratga ega bo’ladi, deb bejiz aytilmagan, barcha bolajonlar ham, jismoniy mashqlarni a’lo darajaga bajardilar va  tadbirga  faol ishtirok etdilar.

   

Matbuot anjumani bo'lib o'tdi

26-09-2022 16:46   159

Tumanda bog‘cha yoshidagi bolalarni bog‘chaga qamrovi o‘zgardimi?

Navbatdagi matbuot anjumanida shu masala muhokama qilindi.

Unda tuman maktabgacha ta'lim bo‘limining Davlat va nodavlat MTTlar faoliyatini tashkil etish sho‘ba mudiri Fariza Xurramova ma'lumot berdi.

- Maktabgacha ta'lim sohasi uzluksiz ta'lim tizimining birlamchi bo‘g‘ini hisoblanib, u har tomonlama sog‘lom va barkamol bola avlodni tarbiyalash va maktabga tayyorlashda g‘oyat muhim ahamiyat kasb etadi, - deydi F.Xurramova.

- 2021-yil yakuni bilan tumanda 3-7 yoshli bolalarning maktabgacha ta'lim bilan qamrov foizi 57,4%ni tashkil etgan bo‘lib, 2022-yilda qamrovni oshirish maqsadida maktabgacha ta'lim bo‘limi tomonidan “Yo‘l xarita” ishlab chiqilgan. Yo‘l xarita asosida bugungi kunga qadar 2022-yil hisobida 16 ta yangi oilaviy, 1 ta xususiy nodavlat maktabgacha ta'lim tashkiloti hamda 10 ta majburiy bir yillik bepul maktabga tayyorlov guruhlari tashkil etildi.

Buning natijasida qo‘shimcha 677 nafar bolalar maktabgacha ta'lim tashkilotlariga qamrab olindi.Bugungi kunda tumanda jami 21 854 nafar maktabgacha yoshdagi bolalar mavjud bo‘lib, shundan 13 223 nafari (60,5%) tumanda faoliyat ko‘rsatib kelayotgan 181 ta (42 ta davlat, 7 ta DXSH, 126 ta Oilaviy, 6 ta Xususiy) maktabgacha ta'lim tashkilotlariga qamrab olingan. 2022-yil yakuniga qadar qamrovni oshirish maqsadida “Obod mahalla” dasturi asosida 1 ta 60 o‘rinli Davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti qurish, 32-DMTT rekonstruksiya qilinishi va mavjud quvvati 60 o‘ringa oshirilishi, 13 ta yangi oilaviy, 2 ta 75 o‘rinli nodavlat xususiy maktabgacha ta'lim tashkilotlari tashkil etilishi hamda 8 ta majburiy bir yillik bepul maktabga tayyorlov guruhlari tashkil etilib, buning natijasida yil yakuniga qadar tumanda jami 14 323 nafarni (65,6%) tashkil etilishi rejalashtirilgan.

Hurmatli fuqarolar!

23-08-2022 15:31   194

Farzandingizni maktabga sifatli tayyorlashni xohlaysizmi?

Unda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 9-martdagi “Bolalarni boshlang‘ich ta’limga majburiy bir yillik tayyorlash tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 132-sonli qarori asosida Samarqand tumanidagi barcha davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari qoshida tashkil etilgan “Bepul majburiy bir yillik guruhlar”da 2016-yilda tug‘ilgan bolalarni qabul qilish boshlandi.

"Maktabgacha ta'lim sifati: joriy holat va istiqboldagi vazifalar"

23-08-2022 15:19   211

2022- yil 23 -avgust sanasida    Samarqand  tumani  maktabgacha ta’lim bo’limi tasarrufidagi maktabgacha ta’lim tizimda faoliyat yuritayotgan pedagog xodimlarning an’anaviy avgust kengashlari  Davlat xususiy sherikchiligi asosidagi “Parvoz ” maktabgacha ta’lim tashkilotida  bo‘lib o‘tdi   Tadbirda tuman hokimi yoshlar masalalari bo'yicha o'rinbosari Azizova Dilfuza Erkinovna  hamda tashkilot rahbar va pedagog xodimlari  ishtirok etdi. Tadbirda maktabgacha ta'lim  tizimida, erishilgan yutuqlar, amalga oshirilgan ishlar videorolik ko'rinishida namoyish qilindi. Tadbir davomida 3-sonli va 15-sonli DMTT tarbiyalanuvchilari ishtirokida konsert dasturi namoyish qilindi.Shu bilan birgalikda maktabgacha ta'lim tashkilotlarida faoliyat yuritib kelayotgan  pedagog  xodimlar tuman hokim òrinbosari hamda maktabgacha ta'lim bò‘limi mudiri tomonidan  faxriy yorliq, tashakkurnoma va esdalik sovģalari bilan taqdirlandilar.

   

   

Samarqand tuman 30-maktabgacha ta'lim tashkiloti xodimlari mahalla, ota-onalar hamkorlikda "Biz sog‘lom turmush tarafdorimiz" shiori ostida tadbir tashkil etdi.

17-08-2022 15:48   192

Samarqand tuman 30-maktabgacha ta'lim tashkiloti xodimlari mahalla, ota-onalar hamkorlikda "Biz sog‘lom turmush tarafdorimiz" shiori ostida tadbir tashkil etdi.

Samarqand tuman Maktabgacha ta'lim tashkilotlari qishloq virachlik punkitlari bilan hamkorlikda tarbiyalanuvchilarni ko'rikdan o'tkazish ishlari olib borilmoqda.

11-08-2022 07:59   205

Samarqand tuman Maktabgacha ta'lim tashkilotlari qishloq virachlik punkitlari bilan hamkorlikda tarbiyalanuvchilarni ko'rikdan o'tkazish ishlari olib borilmoqda.

Samarqand tuman 3-son DMTT tarbiyalanuvchisi Asadov Temur Samarqand shahar 10-son umumiy o'rta maktabda o'tkazilgan mental arixmetika fan olimpiyadasida qatnashib faxirli 1-o'rinni qo'lga kiritdi.

08-08-2022 10:53   213

Samarqand tuman 3-son DMTT tarbiyalanuvchisi Asadov Temur Samarqand shahar 10-son umumiy o'rta maktabda o'tkazilgan mental arixmetika fan olimpiyadasida qatnashib faxirli 1-o'rinni qo'lga kiritdi.