Maxsus imkoniyatlar
Samarqand viloyati Samarqand tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

Kuz-qish mavsumi bo'icha

Joriy yilning 19 dekabr sanasida Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining Samarqand tumanidagi Xalq qabulxonasi mudiri I.Murodov va Samarqand viloyati maktabgacha taʼlim boshqarmasi korruptsiyaga qarshi kurashish kompleks nazoratini amalga oshirish boʼyicha bosh mutaxassisi Q.Meliqulov, Samarqand tumani Maktabgacha taʼlim bulimi xodimlari ishtirokida Xalq qabulxonasi binosida tumandagi barcha maktabgacha taʼlim tashkilotlari mudiralari va xoʼjalik mudirlarini jalb qilgan holda yigʼilish oʼtkazildi. Unda maktabgacha taʼlim tashkilotlarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati, koʼmir zahirasi va oziq-ovqat zahirasini yaratish, issiqlik taʼminoti, isitish vositalaridan ehtiyotkorona foydalanish, is gazidan zaharlanish holatlarini oldini olish, tarbiyalanuvchilar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, kadrlar salohiyatini oshirish, taʼlim sifatiga alohida eʼtibor berish va DMTTlar hududini obodonlashtirish masalalari tanqidiy muhokama etildi. Joriy yilning 12-13-14 va 15 dekabr kunlari ishchi guruh tomonidan oʼrganish natijasida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan masʼullarga aniq koʼrsatma-topshiriqlar berildi va ogohlantirildi.   

Kiritilgan vaqti: 22/12/2022 07:48;   Ko‘rilganligi: 62
 
Material manzili: https://samtmtb.uz/press/news/kuz-qish-mavsumi-boicha
Chop etilgan vaqti: 06/02/2023 07:21