Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida "MEHRJON" hosil bayrami nishonlanmoqda
Samarqand tumani maktabgacha ta'lim bo‘limi tasarrufidagi maktabgacha ta'lim tashkilotlarida "Mehrjon" hosil bayrami o‘tkazildi. Ushbu bayram tadbirida "Mehrjon" hosil bayrami ikki ming yillik tarixga ega hisoblanadi. "Mehrjon" hosil bayrami bolajonlarni bir-birlariga mehr oqibatli bo‘lishga undaydi. Ushbu bayram koinot va yerga jon ato etib turgan Quyoshni qadrlashga, barchani qish g‘amini jamlashga undaydi. Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida Mehrjon hosil bayrami keng nishonlanib kelinmoqda. Bolajonlar kuy qo‘shiq va raqslar ijro etib, bayramni ezgu umidlar va shodu xurramlik bilan qarshi olishgan. Xalqimiz tabiatidagi bag‘rikenglik, mehmondo‘stlik, mehr-shafqat, saxovatlilik kabi go‘zal fazilatlarning davom etishida ushbu bayramning hissasi katta.
Oxirgi o‘zgarish: 19/11/2019 18:23; Ko‘rilganligi: 1491
Chop etilgan vaqti: 06/02/2023 07:44