Maxsus imkoniyatlar
Samarqand viloyati Samarqand tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

Matbuot anjumani bo'lib o'tdi

Tumanda bog‘cha yoshidagi bolalarni bog‘chaga qamrovi o‘zgardimi?

Navbatdagi matbuot anjumanida shu masala muhokama qilindi.

Unda tuman maktabgacha ta'lim bo‘limining Davlat va nodavlat MTTlar faoliyatini tashkil etish sho‘ba mudiri Fariza Xurramova ma'lumot berdi.

- Maktabgacha ta'lim sohasi uzluksiz ta'lim tizimining birlamchi bo‘g‘ini hisoblanib, u har tomonlama sog‘lom va barkamol bola avlodni tarbiyalash va maktabga tayyorlashda g‘oyat muhim ahamiyat kasb etadi, - deydi F.Xurramova.

- 2021-yil yakuni bilan tumanda 3-7 yoshli bolalarning maktabgacha ta'lim bilan qamrov foizi 57,4%ni tashkil etgan bo‘lib, 2022-yilda qamrovni oshirish maqsadida maktabgacha ta'lim bo‘limi tomonidan “Yo‘l xarita” ishlab chiqilgan. Yo‘l xarita asosida bugungi kunga qadar 2022-yil hisobida 16 ta yangi oilaviy, 1 ta xususiy nodavlat maktabgacha ta'lim tashkiloti hamda 10 ta majburiy bir yillik bepul maktabga tayyorlov guruhlari tashkil etildi.

Buning natijasida qo‘shimcha 677 nafar bolalar maktabgacha ta'lim tashkilotlariga qamrab olindi.Bugungi kunda tumanda jami 21 854 nafar maktabgacha yoshdagi bolalar mavjud bo‘lib, shundan 13 223 nafari (60,5%) tumanda faoliyat ko‘rsatib kelayotgan 181 ta (42 ta davlat, 7 ta DXSH, 126 ta Oilaviy, 6 ta Xususiy) maktabgacha ta'lim tashkilotlariga qamrab olingan. 2022-yil yakuniga qadar qamrovni oshirish maqsadida “Obod mahalla” dasturi asosida 1 ta 60 o‘rinli Davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti qurish, 32-DMTT rekonstruksiya qilinishi va mavjud quvvati 60 o‘ringa oshirilishi, 13 ta yangi oilaviy, 2 ta 75 o‘rinli nodavlat xususiy maktabgacha ta'lim tashkilotlari tashkil etilishi hamda 8 ta majburiy bir yillik bepul maktabga tayyorlov guruhlari tashkil etilib, buning natijasida yil yakuniga qadar tumanda jami 14 323 nafarni (65,6%) tashkil etilishi rejalashtirilgan.

Oxirgi o‘zgarish: 26/09/2022 16:50;   Ko‘rilganligi: 191
 
Material manzili: https://samtmtb.uz/press/news/matbuot-anjumani-bolib-otdi
Chop etilgan vaqti: 22/03/2023 14:29