SAMARQAND TUMANIDA DAVLAT MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTI DIREKTORLARI UCHUN AMALIY SEMINAR TASHKIL ETILDI
Samarqand tuman 3-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida tumandagi barcha maktabgacha ta'lim tashkilotlari direktorlari ishtirokida tashkil etilgan amaliy seminarda viloyat Maktabgacha ta'lim boshqarmasi AKT mutaxassisi M.Shoqosimov va tuman maktabgacha ta'lim bo‘limi mudiri A.Begmurodov "Open Emis" dasturidan foydalanish va bolalarni DMTTga qabul qilish hamda ro‘yxatdan chiqarish to‘g‘risida so‘z yuritishdi.
O‘quv-amaliy seminar doirasida bolalar qamrovini oshirishda mazkur "Open Emis" dasturining afzalligi, ishlash tartibi xususida batafsil tushunchalar berildi.
Seminar doirasida MTT direktorlari o‘zlarining qiziqqan savollariga atroflicha javoblar olishdi.
Kiritilgan vaqti: 20/02/2021 15:57; Ko‘rilganligi: 613
Chop etilgan vaqti: 06/02/2023 08:49