Maxsus imkoniyatlar
Samarqand viloyati Samarqand tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

Vatanparvar oyligiga bag'ishglangan tadbir

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoyishiga ko‘ra har yili 15-dekabrdan 15-yanvargacha respublika miqyosida o‘tkaziladigan Vatanparvarlik oyligi doirasida 2022-yil 28-dekabr kuni Samarqand tuman 3-son DMTTda Samarqand shahar 13060 -harbiy qism katta leytenanti Azamov Abbos Akmal ogli hamda kichik serjant Toshpulatov Samad Siroj ogli tomonlaridan tayyorlov guruhi tarbiyalanuvchilari uchun "Vatanni himoya qilish – sharafli, oliyjanob va ma’suliyatli burch” mavzusida suhbat otkazildi.
Harbiy Vatanparvarlik oyligi doirasida otkazilgan ushbu suhbatda milliy armiyamizning bugungi qudrati, vatan himoyachilari uchun berilayotgan imtiyozlar, ular uchun yaratilgan shart-sharoitlar, shuningdek yurtimizda hozirgi kunda faoliyat yuritayotgan harbiy bilim yurtlari haqida ham ma’lumotlar berildi.
Ushbu suhbat tarbiyalanuvchilarning harbiylikka bolgan qiziqishlarini oshirdi va ularda vatanparvarlik tuygusi yanada oshishiga xizmat qildi.
Qurolli kuchlarning mamlakat suvereniteti va hududiy yaxlitligini saqlash, xalqimizning tinchligi hamda bunyodkorlik mehnatini himoyalash, yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashdagi ahamiyatini inobatga olib Samarqand tuman 3-son DMTT jamoasi nomidan yurtimizdagi barcha vatan himoyachilarini ushbu qutlug’ ayyom bilan tabriklaymiz va ularning Vatanni himoyalashdek ulug’ va zahmatli ishlarida omadlar tilaymiz.

Kiritilgan vaqti: 29/12/2022 08:41;   Ko‘rilganligi: 54
 
Material manzili: https://samtmtb.uz/press/news/vatanparvar-oyligiga-bagishglangan-tadbir
Chop etilgan vaqti: 06/02/2023 09:07